Bernardu Silva "Manchester Siti"ning "Real"dan uchralgan mag'lubiyati sabablarini aytdi

Sherzod Nurmatov
21 fev 2025, 19:49
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva "Real"ga qarshi bahsdagi muvaffaqiyatsizlik haqida to'xtalib o'tdi.

"Qaymoqranglilar" javob uchrashuvida "shaharliklar"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 3:1. Umumiy hisob esa – 6:3, "Real" foydasiga.

"Biz g'alabaga yaqin ham kelmadik. Jamoamiz yana tinimsiz to'p yo'qotdi. Biz "Real"ga kerak bo'lgan hamma narsani berdik, muntazam ravishda yo'qotishlarga yo'l qo'ydik, bu esa raqiblarga qo'l keldi. Albatta, shunday bo'laverganidan keyin g'alabaga loyiq bo'lolmaysiz", – dedi Silva.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: City Report