Bernardu Silva "Manchester Siti" tarixiga kirdi

Sherzod Nurmatov
7 dek 2021
Portugaliyalik yarim himoyachi "shaharliklar"ning noyabrdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bernardu Silva muxlislar orasidagi so'rovnomada 48% ovoz oldi.

Silva noyabr oyida "Siti" uchun APL doirasidagi 3 o'yinda 2 ta gol urdi. Bundan tashqari, u Chempionlar ligasi 2 o'yinida 1 ta golli pas uzatdi.

Portugaliyalik "Manchester Siti"da ketma-ket uchinchi marta oyning eng yaxshi o'yinchisi bo'ldi. Hozirgacha klub tarixida hali bunaqasi bo'lmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: mancity.com