Benzemaning tovon pulini eshitib yoqa ushlaysiz!

Aslanov Jasurbek
12 sen 2017, 17:44
"Real" hujumchisi Karim Benzema tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolaydi.

Avgust oxirida fransiyalik futbolchi madridliklar bilan 2021 yilgacha belgilangan yangi bitim tuzishi e'lon qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, shu haftada shartnoma uzaytirilgani rasman xabar qilinadi. 29 yoshli forvardning bitimdagi tovon puli 1 mlrd. evroga etadi.

Benzema 2009 yil "Lion"dan "Real"ga o'tgan edi. Forvard "qaymoqranglilar" safida 371ta rasmiy o'yin o'tkazib, 182 ta gol urdi va 104ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football