Benzema "Oltin to'p" haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
15 sen 2021, 00:48
Benzema "Oltin to'p" olishni xohlashi borasidagi savolga javob berdi.

"Men uchun YCHL bosim eng yuqori cho'qqida bo'luvchi asosiy musobaqa. Hozir bu turnirda favoritlar yo'q deb o'ylayman. "Real" kuchli jamoa va biz chempionlik uchun kurashamiz. "Oltin to'p" hayolida kechalari uhlamay chiqaman deb aytolmayman. To'g'ri, bu har bir futbolchining orzusi. Ammo, men birinchi navbatda jamoani qo'yaman. Hamma "Oltin to'p" olishni xohlaydi, men ham shular jumlasidanman", -deydi Karim Benzema.

Eslatib o'tamiz, "Inter" va "Real Madrid" o'rtasidagi uchrashuv 15 sentyabr kuni soat 23:59 da boshlanadi.





O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca