Benzema Messi va Raulning rekordini takrorladi

Aziz Tukhtamuradov
24 okt 2018, 01:06
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema YCHL guruh bosqich 3-turi doirasidagi “Viktoriya Plzen” jamoasiga qarshi kechayotgan o'yinda hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Bu bilan fransiyalik forvard YCHL tarixidagi ketma-ket 14ta mavsumda gol kiritgan uchinchi futbolchiga aylandi. 

Benzemadan tashqari, “Barselona” hujumchisi Lionel Messi hamda “Real” afsonasi Raul ham ushbu natijaga erishgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif