Benzema "Marca"dan sovrin qabul qilib oldi

Mirjalol Normatov
2 iyun 2023, 00:32
"Real" hujumchisi Karim Benzema "Afsona" sovrinini qabul qilib oldi.

Ushbu sovrinni "Marca" nashri tatbiq qilgan va u mashhur sportchilarga xizmatlariga evaziga topshiriladi.

"Real"ga yoshligimda kelganman, o'shanda 21 yosh edim. Shunchaki futboldan zavqlanishni va sovrinlar qo'lga kiritishni istaganman. Hozir esa "Real" bilan keragidan ko'pini yutganimni tushunib turibman.

"Santyago Bernabeu"da o'ynaydigan "Real" kabi klub boshqa yo'q. Bu yerda faqatgina eng yaxshilari, afsonalar o'ynashgan. Ular bilan doimo faxrlanganman va bu yerda ekanligimdan doimo mamnunman", - dedi Benzema.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca