

Fransiyalik futbolchi Ispaniya kubogi yarim finalida "Barselona"ga qarshi kechgan bahsda (4:0) xet-trik qayd etdi.
Endi Benzema hisobida 43 ta klassikoda 16 ta gol bor. Karim bu borada Raulni ortda qoldirdi va ushbu ro'yxatda to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Ikkinchi o'rinda Alfredo Di Stefano va Krishtianu Ronaldu (18 tadan gol) bor. Bu borada yetakchi Lionel Messi (26 ta gol) hisoblanadi.



