

Oldinroq fransiyalik futbolchi 17 kun davomida "Al Ittihod" ixtiyorida bo'lmagani klubdagilarni jumbushga keltirgani borasida ma'lumotlar tarqagan va shu sababli uni yig'inlardan chetlatgandi. Karim Benzemaning yaqinlari esa forvard Mavrikiydagi to'fonlar sababli Saudiyaga bora olmayotganini ma'lum qilishgandi.
Futbolchi rahbariyatdan "Al Ittihod"dan vaqtincha kyetishni va Saudiyaning boshqa klubiga ijaraga berilishini iltimos qilgan.
Benzema "Al Ittihod"da bosim ostida o'zining eng yaxshi qirralarini ko'rsata olmayotganini sabab qilib ko'rsatgan.
Forvard ushbu mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 15 o'yinda qatnashib, 9 gol va 5 assist qayd etdi.



