Benites: "Fellaini? Hammasi "Manchester Yunayted"ga bog'liq
Aziz Tukhtamuradov
5 avg 2014, 17:31
"Napoli" bosh murabbiyi Rafael Benites, uning jamoasi MYU yarim himoyachisi Maruan Fellainiga qiziqib qolgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.
"Fellaini? U bizning futbolchi emas, shu sababli hammasi "Manchester Yunayted"ga bog'liq, bizga emas. Hozir gazetalarda jamoamizga bog'liq mish-mishlar yuripti, ammo hamma futbolchilar shu yerda va jismoniy holati juda yaxshi" - deydi Benites.