Rafael Benitesning "Napoli" bosh murabbiyi lavozimida qolishi so'roq ostida.
Xabar qilinishicha, murabbiy hozircha klub bilan amaldagi shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Uning shartnomasi mavsum yakunlanganidan so'ng o'z yakuniga etadi. Ma'lum bo'lishicha, u Angliyaga - oilasining oldiga qaytmoqchi.