"Benfika" darvozaboni "Roma" bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
13 mar 2022, 14:07
"Benfika" darvozaboni Mile Svilar 2022 yilning yozida klubdan erkin agent maqomida ketishga qaror qildi.

U Italiyaning "Roma" klubi bilan kelishuvga erishdi, bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Oldinroq ma'lum qilinganidek, 22 yoshli serb italyan klubi bilan bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.

Svilar 2021/22 yilgi mavsum "Benfika"ning zaxira jamoasida 11ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira