

Bir necha kun avval "qirollik klubi" 19 yoshli iqtidorli futbolchini "Borussiya" Dortmund istayotganidek 150 mln evroga xarid qilish katta tavakkalchilik ekanini tan olgan edi. Angliya terma jamoasi tarkibida Qatardagi mundialning asosiy yulduzlaridan biriga aylangan Bellingemning vakillari Madrid klubiga raqobat sharoitida "Liverpul"ning imkoniyatlari yuqoriroqligini bildirdi.
Jud uchun da'vogarlar ortib borayotgan bo'lsa-da, uning narxi bir qancha nomdor klublarni fikridan qaytarishga majbur qilib bo'ldi.
Jahon chempionatidan avval Bellingem uchun talab qilinayotgan 150 mln evro ko'pdek tuyulgan edi. Biroq mundial bu summani mustahkamlab qo'ygani aytilmoqda.



