Bellingem Yevropa chempionati rekordini o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
13 iyun 2021
Evro-2020 ilk turi doirasida Angliya TJ 1:0 hisobida Xorvatiya ustidan g'alabaga erishdi.

Mazkur bahsning 82-daqiqasida Xarri Keyn o'rniga zaxiradan maydonga Jud Bellingem tushdi. Shu tariqa, u Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yosh futbolchiga aylandi – 17 yosh 349 kunlik.

Musobaqaning avvalgi rekordi esa Evro-2012'da niderlandiyalik himoyachi Yetro Villems (18 yosh 71 kunlik) tomonidan qayd etilgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA