Beyl: "Ronaldo meni yuksalishimda o'z yordamini ayamayapti"

21 noya 2014, 23:36
"Real" vingeri Garet Beyl unga jamoadoshi Krishtiano Ronaldo o'z yordamini berib kelayotgani ta'kidlab o'tdi.

Jahonning eng kuchi futbolchisi bilan bo'ladigan tajribani baholash qiyin. Ronaldo shunchaki fantastik futbolchi. Har kuni undan nimadir yangilikni o'rganib olaman. Ronaldo meni yuksalishimda o'z yordamini ayamayapti. Uning darajasiga chiqishga intilmoqdaman. O'ng oyoqdagi o'yinlarimni tobora kuchaytirib bormoqdaman. 

Agarda "Real"dan taklif tushmaganida, "Tottenxem"ni osonlikcha tark etmasdim. Londonda meni hamma narsa qoniqtirardi. "Shporlik" muxlislar meni hurmatimni joyiga qo'yishar edi. O'ylashimcha, ular meni to'g'ri tushunishadi. "Real" meni o'z safiga chorlamaganida, men faoliyatimni Londonda davom ettirayotgan bo'lardim. Lekin shuni aytishim mumkinki, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyat bekorga bu erga o'tmaganimni bildiradi. Men hozir ham "Tottenxem" muxlisiman va azaliy raqibimiz "Arsenal"ga esa mag'lubiyat tilayman.


Manba: soccer.ru