beIN Sports tuzgan Liga 1 joriy mavsumining ramziy jamoasidan 4 hujumchi joy oldi

Eldor Akmurzayev
5 may 2020, 21:35
beIN Sports eksperti bo'lgan fransiyalik sobiq futbolchi va murabbiy Luis Fernandes muddatidan oldin yakunlangan Fransiya chempionatining joriy mavsum ramziy jamoasini tuzdi.

U quyidagicha ko'rinish olgan:

Darvozabon: Matc Zels (Strasburg)

Himoyachilar: Xuan Bernat (PSJ), Yunis Abdulhamid (Reyms), Alvaro Gonsales (Marsel), Amari Traore (Renn)

Yarim himoyachilar: Eduardo Kamavinja (Renn), Aleksandr Golovin (Monako)

Hujumchilar: Kilian Mbappe, Neymar (ikkisi – PSJ), Vissam Ben-Yedder (Monako), Viktor Osimxen (Lill).

Avvalroq, France Football nashri ham Liga 1'ning TOP-11 jamoasini taqdim etgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: beIN Sports