"Bayer" sobiq ustozi endi o'zbekistonlik o'ynaydigan jamoani boshqaradi
Aslanov Jasurbek
10 iyun 2017, 16:41
"Bayer" sobiq bosh murabbiyi Rojer Shmidt O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Egor Krimec to'p tepadigan "Beyjing Goan" bilan shartnoma imzoladi.
Bu haqda "Squawka"ning tvittyerdagi rasmiy sahifasi e'lon qildi.
Shmidt va "Bejing Goan" o'rtasidagi bitim 2,5 yilga mo'ljallangan. Rojer Shmidt 2014-2017 yillarda "Bayer" bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan edi.