"Bayer" futbolchisi "Barselona" yoki "Bavariya"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
17 noya 2024, 11:12
"Bayer" markaziy himoyachisi Jonatan Ta yozda "Barselona" yoki "Bavariya"ga tekinga o'tadi.

"Bild" ma'lumotiga ko'ra, 28 yoshli germaniyalik futbolchi "Bayer" bilan shartnomasini uzaytirmaydi va katta ehtimol bilan faoliyatini Kataloniya yoki Myunxenda davom ettiradi. Oldinroq uning xizmatlariga "Real" va "Inter" tomonidan qiziqishlar bo'lgan bo'lsa-da, bu klublar "o'yindan chiqib ketgan".

Ta o'tgan mavsum Bundesligada 31 o'yinda 4 gol va 1 assist, ushbu mavsumda 10 o'yinda 1 gol qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal