"Bayer" klub tarixidagi eng yaxshi startni amalga oshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
30 okt 2023, 15:18
"Bayer" Germaniya chempionatining 9 turidan keyin 25 ochko jamg'ardi.

"Opta" portalining ma'lumotlariga ko'ra, bu Bundesligada klub tarixidagi eng yaxshi start. Shuningdek, leverkuzenliklar dastlabki 9 turdagi gollar bo'yicha ham klub rekordini yangilashdi (27 ta).

Xabi Alonso - "Bayer" Bundesligaga chiqqanidan (1979 yildan) buyon qatorasiga 8 ta rasmiy o'yinda g'alaba qozongan klub tarixidagi birinchi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia