Baxtiyor Ashurmatovga 10 million so'm miqdorigacha jarima solindi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2014, 17:10
Oliy liganing 1-turidan o'rin olgan “Navbahor” – “Lokomotiv” o'yinidan keyin maydon egalari bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov uchrashuvni boshqarib borgan Hasan Ro'ziev manziliga nomaqbul so'zlarni aytgani uchun jarimaga tortildi.
Bu haqda PFL rasmiy saytida aytib o'tilgan. Faqat qancha miqdorda jarima solingani keltirilmagan. Xabarda keltirilishicha, Ashurmatov Tartib-intizom kodeksining 5,53-moddasi, shuningdek, 5-modda, 2-bo'lim, 5,36-bandiga ko'ra jarimaga tortilgan. Xo'sh, bu moddalarda nima deyilgan?

Mana shu moddalarga ko'ra, klub vakili (rahbariyat, murabbiy) o'yinni boshqargan hakamlar shaniga haqoratomuz so'zlarni bildirsa, 10 million so'mgacha miqdorida jarimaga tortiladi.

Agar reglamentga amal qilingan bo'lsa, Ashurmatov 10 million so'm miqdorigacha jarimaga tortilgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia