Baxtiyor Ashurmatov: "Uzr, final Qarshida bo'ladigan bo'ldi"

Alisher
31 okt 2020, 13:50
"Qo'qon-1912" jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov , sport telekanalining 29-oktyabr kuni bo'lib o'tgan, "Bizning futbol" ko'rsatuvida "Nasaf"ga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bayon etdi.

"Men AGMKga qarshi o'yindan oldin futbolchilarimga bugungi o'yin biz uchun final o'yinidek bo'ladi. Biz maydonga oxirgi o'yinga chiqqandek chiqishimiz kerak deb tayinlagandim. O'yinda g'alaba qozonganimizdan so'ng, "Nasaf"ga qarshi tayyorgarlik mashg'ulotlarida yigitlarga "uzr ukalar kechagi o'yin yarim final ekan, final Qarshida bo'ladigan bo'ldi" dedim. Futbol jamoasining hayoti shunaqa o'yindan-o'yingacha, bugungi o'yin eng muhim deb o'ylaysiz, g'alaba qozongach esa keyingi o'yin eng muhimdek tuyulaveradi.

"Nasaf" o'z maydonida judayam tezkor, xujumda yuqori pressing qo'llaydigan , juda xavfli jamoa. Biz ham mana shunday o'yinga tayyorgarlik ko'rib kelganmiz. O'ylaymanki yigitlar bugun ham maydonda g'alaba uchun borlarini berib o'ynashadi", - deydi Ashurmatov.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: kokand1912.uz