Baxtiyor Ashurmatov: "Menimcha "Qizilqum" bu yil oliy ligada o'tgan yilgidan yaxshiroq ishtirok etadi"

Narzulla Saydullayev
26 mar 2016, 14:11
“Qizilqum” - “Andijon” jamoalari uchrashuvi (2:2) yakunlangach, matbuot anjumani birinchi qismida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

"Bugungi o'yin muxlislarbop bo'ldi deb o'ylayman. "Qizilqum" mavsumni yaxshi boshladi. Menimcha bu mavsumni Navoiy klubi o'tgan yilgilardan ko'ra yaxshiroq natija ko'rsatadi deb o'ylayman. Jamoaga keyingi o'yinlarda ham omad tilayman. Durang natija qayd etildi, kubokda keyingi bosqichga chiqishi Andijondagi bahsda hal bo'ladi.

Rabbim Hasanov, Bobir Akbarov va G'ulom O'runov jarohatlari bois bugungi o'yinda bizga yordam bera olishmadi, - deydi Ashurmatov.  

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia