"Bavariya"ning yangi o'yinchisi jarohat oldi

Alisher
10 dek 2019
Markaziy yarim himoyachi Mikael Kyuizans bu yil "Bavariya" safida boshqa maydonga tushmaydi.

Futbolchi mashg'ulotlarda to'pig'idan jarohat oldi. 

"Bavariya" 20 yoshli fransiyalik futbolchini joriy yilning avgust oyida Menxengladbaxning "Borussiya" klubidan 12 million evro evaziga sotib olgan edi. 

Kyuizans ushbu mavsumda Bundesligada 2ta o'yin o'tkazdi va 1ta sariq kartochka oldi.


AlisherMuallif
Manba: Transfermarkt.de