

Bu haqda "Blick" nashri ma'lumot berdi.
Bunga qadar "Die Welt" tarqatgan xabarga ko'ra, "Bavariya" Lyusen Favr bilan muzokaralar olib borayotgani aytilgandi.
Biroq "Blick" nashri hozircha "Bavariya" Lyusen Favr bilan aloqaga chiqmagani haqida yozdi.
Eslatib o'tamiz, Favr "Nicca"ni boshqarishdan avval Bundesliga vakili "Borussiya" Myonxengladbax jamoasida ishlagandi.
Murabbiyning "Nicca" bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan.



