"Bavariya" "Yuventus"ga taklif tayyorlamoqda

Mirjalol Normatov
1 sen 2019, 15:15
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

"Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, uning xizmatlariga "Bavariya" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Germaniya klubi xavbek uchun 35 million evrodan voz kechishga tayyor turibdi.

Ammo, Jan ushbu yozda "Bavariya"ga o'tgan taqdirda ham YCHL uchun ro'yxatdan o'ta olmaydi. Shu boisdan transfer qishda amalga oshirilishi mumkin.

Jan o'tgan mavsum "Yuve" tarkibida 37 o'yinda qatnashib, 4 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport