"Bavariya" yozda Xaverc uchun 58 mln evro to'lashi mumkin

Sherzod Nurmatov
20 yanv 2023
"Chelsi" hujumchisi Kay Xaverc yozda Bundesligaga qaytish ehtimoli mavjud.

"Sky Germany" nashrining xabar berishicha, "Bavariya" 23 yoshli germaniyalikni 58 million evroga sotib olishga tayyor. Klub anchadan buyon futbolchining natijalarini kuzatib kelmoqda va bundan mamnun.

Futbolchi 5 ta gol bilan "Chelsi"ning Premer-ligadagi eng yaxshi to'purari hisoblanadi.

"Bavariya" 34 ochko bilan Bundesliga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Germany