"Bavariya" Xamesni sotib olmaydi

Aslanov Jasurbek
16 noya 2018, 13:21
Transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lgan "Bavariya" yarim himoyachisi Xames Rodriges joriy mavsum yakunlanganidan so'ng "Qirollik klubi"ga qaytadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi rahbariyati 2019 yilning yozida kolumbiyalik futbolchini 42 mln evroga sotib olmoqchi emas. "Bavariya" bosslari tarkibni yoshartirishmoqchi va pulni 27 yoshli xavbekka to'lagandan, yosh iqtidor egasiga sarflagan yaxshi deb hisoblashmoqda. Klub jamoadagi o'zgarishlar uchun 200 mln evro sarflamoqchi.

Oldinroq, Xames xizmatlariga APL klublari va "Yuventus" qiziqish bildirayotgan edi.

Rodriges joriy mavsum Bundesliganing 8ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker