"Bavariya" va "Al Nasr" kelishib olishdi

Mirjalol Normatov
28 iyul 2023
"Bavariya" futbolchisi Sadio Mane "Al Nasr"ga o'tadi

Insayder Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, kechagi muzokaralar davomida klublar og'zaki kelishuvga erishishgan. Futbolchi endi tibbiy ko'rikdan o'tishi va yangi klubi bilan shartnoma imzolashi kerak. Oldinroq aytilganidek, Manening transfer summasi 40 mln evroga teng bo'ladi.

Mane o'tgan yilning yozida Myunxen klubiga kelib qo'shilgandi. O'tgan mavsumda u Bundesliganing 25 o'yinida 7 gol va 5 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano