“Bavariya” to'purari jarrohlik stoliga yotqiziladi

20 dek 2019, 23:26
“Bavariya”ning asosiy hujumchisi Robert Levandovski Germaniya chempionati 17-turida “Volfsburg”ga qarshi bahsdan keyin jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazadi.

Bu haqda nemis klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

“Biz vaqtni yo'qotmoqchi emasmiz”, deya bayonot berdi “Bavariya” ustozi Xans-Diter Flik.

Takidlash joiz, yana bitta tur o'yinlaridan so'ng Germaniya chempionatida jamoalar qishki tatilga chiqishadi. “Bavariya” keyingi turni 19 yanvar kuni o'tkazadi.

“Bavariya”- “Volfsburg” bellashuvi esa ertaga, 21 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Myunxenliklar ayni paytda turnir jadvalida peshqadam “Leycpig”dan to'rt ochka kam jamg'arib, 4-pog'onada borishmoqda.

31 yoshli Levandovski klub safida joriy mavsumda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va bitta golga assistentlik qildi. U ayni paytda Bundesliga va YCHL musobaqasi to'purarlari bahsida karvonboshilik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Бавария" клуби расмий сайти