"Bavariya" Shupo-Moting bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
4 mar 2023
Kamerunlik futbolchi ishonchni oqlay oldi.

Erik Maksim Shupo-Moting 2024 yilning yoziga qadar "Bavariya" o'yiinchisi bo'lib qoladi, deya xabar berdi Myunxen klubi rasmiy sayti. Tomonlar 2023/23 yilgi mavsum oxirida yakunlanadigan bitimni uzaytirishdi.

Kamerunlik forvard 2020 yilning kuzida "Bavariya" futbolchisiga aylangan edi. U "rekordmayster" tarkibida 82 ta o'yinda maydonga tushib, 33 ta gol urdi. Levandovski ketgach, u ko'pincha "to'qqizlik" hujumchi vazifasini bajarmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com