"Bavariya" Serxi Robertoni ijaraga olmoqchi

Aslanov Jasurbek
21 iyul 2021, 00:19
"Barselona" himoyachisi Serxi Roberto faoliyatini Germaniyada davom ettirishi mumkin.

Spox nashrining xabar berishicha, Serxi Robertoning xizmatlariga "Bavariya" qiziqmoqda. "Bavariya" Serxini sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi. Nemis klubi "Barselona" bilan muzokaralarni boshlagan. Klub futbolchining agenti bilan ham aloqaga kirishgan. 

Eslatib o'tamiz, Serxi Robertoning "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Spox