"Bavariya" Sane uchun 80 mln. evro taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
24 may 2019, 18:48
"Bavariya" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Saneni yozda sotib olish uchun harakatlarni davom ettirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis klubi 23 yoshli futbolchini transfer oynasidagi o'zining asosiy maqsadiga aylantirdi va ayni damda 80 mln. evrolik bitim tayyorlamoqda.

Oldinroq, Sane Germaniyaga qaytmoqchi ekanligi, chunki joriy mavsum o'yin vaqtidan norozi ekanligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian