"Bavariya" - "Real" uchrashuvini qaysi hakam boshqaradi?

Aslanov Jasurbek
23 apr 2018, 15:10
UEFA rasmiy sayti "Bavariya" hamda "Real" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final ilk bahsida qaysi hakamlar ishlashini ma'lum qildi.

Born Kuypers boshchiligidagi gollandiyalik referilar brigadasi Myunxenda bo'ladigan yarim final birinchi o'yinida ishlaydi. Kuypersga qanotlarda Sander van Ruklen va Ervin Zeynstra yordam beradi. Darvoza ortida Pol van Bukel va Dennis Xigler ishlaydi. Bahsning to'rtinchi referesi Charlz Sxaap.

"Bavariya" va "Real" o'rtasidagi ilk o'yin 25 aprel kuni "Alyans Arena" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA