"Bavariya" prezidenti Niko Kovach ketmasligini aytdi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2018, 15:27
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness jamoa bosh murabbiyi Niko Kovach iste'fosi haqida paydo bo'lgan ma'lumotni rad etdi.

"Kovachni to'liq qo'llab-quvvatlayman. Natijalardan qatiy nazar keyingi bir necha hafta ichida u iste'foga chiqarilmaydi" - deydi Xyoness.

Oldinroq, Kovach va "Bavariya"ning bazi futbolchilari o'rtasida kelishmovchilik paydo bo'lgani e'lon qilingan edi.

"Bavariya" so'nggi uchta uchrashuvda 2 marta mag'lub bo'ldi va 1ta durang qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Suddeutsche Zeitung