"Bavariya" o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchradi

Aslanov Jasurbek
17 iyul 2021, 23:45
Myunxenliklar yangi mavsum oldidan o'rtoqlik uchrashuvida mag'lubiyatga uchrashdi.

"Bavariya" klubi bugun "Kyoln" jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda "Kyoln" jamoasi 3:2 hisobida g'alaba qozonishga erishdi. Myunxenliklardan Armindo Zib va Joshua Zirkze o'z hisoblariga gol yozib qo'yishgan bo'lsa, "Kyoln"dan Yan Tilman bitta, Mark Ut esa ikkita gol kiritishga erishishdi.

"Kyoln" 3:2 "Bavariya"

Gollar: Armindo Zib, Joshua Zirkze, Yan Tilman, Mark Ut dubl.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia