“Bavariya” Nagelsman qo'l ostidagi dastlabki to'rt o'yinda g'alabaga erisha olmadi

1 avg 2021, 09:16
“Bavariya” yangi bosh murabbiy Yulian Nagelsmann qo'l ostida o'z o'yinini topa olmayapti.

Myunxen klubi 34 yoshli mutaxassis bilan mavsumoldi o'rtoqlik o'yinlarda qatorasiga to'rt uchrashuvdirki g'alaba nimaligini bilmayapti.

"Bavariya" mavsumlar oralig'idagi o'rtoqlik uchrashuvlarida “Kyoln” (2:3), “Borussiya” M (0:2), “Napoli” (0:3)ga imkoniyatni boy bergan bo'lsa, “Ayaks” bilan (2:2) durangga imzo chekdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com