"Bavariya" Musialani jamoada olib qolish uchun oyligini besh baravarga oshirishga tayyor

Khoja
9 okt 2024, 08:43
"Bavariya" Jamal Musiala bilan yangi shartnoma tuzmoqchi.

Nemis jamoasi futbolchiga yangi olti yillik shartnoma va yiliga 25 million evrolik maosh taklif qiladi.

Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Musiala Xarri Keyn bilan "Bavariya"ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Jamalning "Bavariya" bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadi. Ayni vaqtda futbolchining yillik maoshi 5 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com