"Bavariya" "Monako"dagi futbolchisini ortga qaytarmoqchi

Mirjalol Normatov
10 dek 2022, 19:44
"Bavariya" klubi Manuel Noyerning jarohati sababli "Monako"dagi posbonini ortga qaytarmoqchi.

36 yoshli posbon tatil vaqtida chang'i uchayotib oyog'ini sindirib olgani borasida ma'lumot bergandik. U uchun mavsum yakunlanib bo'ldi.

Shu sababli klubdagilar ayni damda "Monako"ga ijaraga berilgan darvozabon Aleksandr Nyubelni qaytarish ishlarini boshlaydi.

26 yoshli darvozabon ushbu mavsum chempionatda 15 o'yinda qatnashib, 21 gol o'tkazib yubordi. 6 bahsda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal