"Bavariya" Levandovskiga La Ligadan o'rinbosar topdi

Alisher
18 iyul 2019, 11:46
"Bavariya" "Selta" hujumchisi Brais Mendesga qiziqmoqda.

22 yoshli o'yinchining transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Myunxenliklar forvardga Robert Levandovskining o'rniga nomzod sifatida qarashmoqda. O'yinchining transfermarkt' dagi bahosi esa 20 million evroni tashkil etadi.

Mendes yakunlangan mavsum 51ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assistga erishgan.

Futbolchi shu yildan e'tiboran Ispaniya terma jamoasiga ham chaqirila boshladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Kicker