

Ushbu niqoblarni sotishi akciyasi mualliflari Yozua Kimmix hamda Leon Gorecka bo'ldi. Niqoblar aslida sharflardan tayyorlangan. Sharflar esa “Chelsi”ga qarshi Myunxenda o'tadigan Chempionlar Ligasi 1/8 finali javob o'yinidan oldin stadionda tarqatilishi kerak edi. Ammo bahs noma'lum muddatga qoldirildi.
Ushbu niqoblar sotuvidan tushgan 250 ming evro WeKickCorona xayriya jamg'armasiga yo'naltiriladi.



