Bavariya Kimmixning maoshini oshirishga tayyor

Alisher
26 fev 2025
Bavariya himoyachisi Yozua Kimmixning maoshi oshiriladi.

Bu futbolchi myunxenliklar bilan shartnomasini uzaytirganida sodir bo'ladi. Yangi bitimning muddati ma'lum. Shartnoma 2028 yilgacha uzaytiriladi.

Bavariya Yozua Kimmixning transfer huquqini 2015 yilda sotib olgan edi. O'shandan beri futbolchi Myunxen grandi safida 426 ta o'yinda maydonga tushgan. Ularda u 43 ta gol urdi va 114 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt Kimmixning narxini 50 mln evroga baholamoqda.


AlisherMuallif
Manba: Ran