

Myunxenliklar allaqachon kelishuvni klub uchun oqilona bo'lgan yangi shartlar asosida uzaytirish masalasini ko'targan. "Bavariya" uchun eng katta muammo - moliyaviy holatni to'g'rilash. Qayd etilishicha, Gnabri jamoadagi faoliyatini uzaytirish uchun maoshini qisqartirishga rozi bo'ladi.
Serj Gnabri Bundesliganing joriy mavsumida "Bavariya" safida 6 ta o'yin o'tkazdi. O'yinchi ularda "gol+pas" tizimi bo'yicha "3+3"ga erishdi.



