"Bavariya" futbolchilari kechirim so'ragan Ulrayxni qo'llab-quvvatlashdi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
2 may 2018, 18:09
Oldinroq, "Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx "Real"ga qarshi uchrashuvdagi qo'pol xatosi uchun "Instagram" orqali jamoadoshlari va muxlislardan kechirim so'ragan edi.

Ulrayxning ushbu postiga Myunxen klubi futbolchilari fikr bildirishdi va posbonni qo'llab-quvvatlashdi.

Xames Rodriges: "Boshingni ko'tar. Biz bir jamoamiz".

Xavi Martines: "Ulle, sen bir necha marta bizni qutqarib qolding"

Jerom Boateng: "Boshingni tik tut! Biz birga g'alaba qozonib, birga mag'lubiyatga uchraymiz".

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcbayern.de