"Bavariya" forvardi koronavirusga musbat test topshirdi

Alisher
6 noya 2020, 11:31
"Bavariya" hujumchisi Joshua Zirkzeening koronavirus infekciyasi uchun topshirgan testi musbat natija berdi.

19 yoshli niderlandiyalik futbolchi o'zini yaxshi his qilmoqda va uyida karantinda bo'lib turibdi.

Chempionlar Ligasi doirasidagi "Zalcburg"ga qarshi o'yin oldidan musbat test topshirgan "Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule takroriy testdan o'tdi.

U esa manfiy natijani ko'rsatdi. U ham o'zini yaxshi his qilmoqda va karantinda bo'lib turibdi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBayernEN