"Bavariya" darvozaboni: "Sevilya" oddiyroq raqibdek ko'rinmoqda"

Aslanov Jasurbek
16 mar 2018, 17:34
"Bavariya" darvozaboni Sven Ulrayx Chempionlar ligasi 1/4 finalga tashlangan qur'a natijalari borasida fikr bildirdi.

Nemis grandining ushbu bosqichdagi raqibi "Sevilya".

"Hech kim qur'a natijasi borasida bayram qilmadi, biroq bu to'qnashuvda g'alaba qozona olamiz. "Sevilya" qur'aning boshqa ishtirokchilari orasida oddiyroq raqibdek ko'rinmoqda" - deydi Ulrayx.

Chempionlar ligasi chorak final uchrashuvlari 3-4 va 10-11 aprel kunlari bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA