

Bu haqda "Bild" jurnalisti Kristian Falk xabar bermoqda.
"Bavariya" Manega xaridor qidirmoqda. Klubdagilar uni "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen bilan almashtirmoqchi bo'lgan, biroq bu amalga oshmaydigan holat sifatida qaralgan. Myunxendagilar uning kyetishidan kamida 12 mln evro ishlab olmoqchi. Neapoldagilar esa buncha pul to'lash niyati yo'q.
Endi esa klub "Chelsi" bilan muzokaralarga kirishishga tayyor holatda. Buning uchun "Chelsi" taklif jo'natsa bo'lgani.
Senegallik forvard ushbu mavsum Bundesliganing 21 o'yinida 7 gol va 4 assist amalga oshirdi.



