"Bavariya" "Borussiya D"ga qarshi o'yin oldidan himoyada katta muammolarga duch kelmoqda

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023, 16:46
Myunxenliklarga oson bo'lmaydi.

"Bavariya" himoyachisi Matteys de Ligt Germaniya Kubogining 2-turida "Saarbryuken"ga qarshi o'yinda (1:2) tizzasidan jarohat oldi. Futbolchining tiklanishi uchun 4-6 hafta vaqt kerak bo'ladi, deb xabar berdi "Bild".

Myunxenliklar Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yin oldidan himoyada katta muammolarga duch kelishmoqda. Hozirda "rekordmaystr"ning faqat bir markaziy himoyachisi maydonga tushishga to'liq tayyor – Kim Min Je.

"Borussiya D" – "Bavariya" uchrashuvi 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Avvalroq "Bavariya" sardori bahsda ishtirok etmasligi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild