"Bavariya" Boateng bilan xayrlashishga qaror qildi

Alisher
12 noya 2020, 16:10
"Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng mavsum so'nggida nemis grandini tark etadi.

Germaniya chempioni rahbariyati 32 yoshli o'yinchi bilan mehnat shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi.

Bitim 2021 yilning yozida yakunlanadi. Boateng faoliyatini AQSH yoki Osiyoda davom ettirishi mumkin.

Jerom 2011 yildan beri Myunxen jamoasida o'ynaydi. Himoyachi joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/cfbayern