"Bavariya" - 10 karra Germaniya Superkubogi sohibi!

Mirjalol Normatov
31 iyul 2022
"Bavariya" Germaniya Superkubogi uchun o'tkazilgan bahsda "Leyptsig"ni mag'lub etdi.

Shu orqali Myunxen klubi o'ninchi marta mamlakat Superkubogini qo'lga kiritdi. Bu mamlakat tarixidagi rekord natija sanaladi.

RB Leyptsig – Bavariya 3:5

"Red Bull Arena Leyptsig"

Gollar: 0:1 – 14 Musiala, 0:2 – 31 Mane, 0:3 – 45 Pavar, 1:3 – 59 Xalstenberg, 1:4 – 65 Gnabri, 2:4 – 77, penalti Nkunku, 3:4 - 89 Olmo, 3:5 - 90+9 Sane.

RB Leyptsig – Gulachi, Klostermann, Orban, Xalstenberg, Simakan (Novoa, 79), Xenrixs, Kampl (Olmo, 52), Laymer, Forsberg (Andre Silva, 52), Soboslai, Nkunku.

Bavariya – Noyer, Pavar (Mazraui, 78), Ernandes, Upamekano (de Ligt, 78), Devis, Zabitcer, Kimmix, Myuller (Gravenberx, 68), Mane, Gnabri (Sane, 78), Musiala (Koman, 60).

Ogohlantirish: Simakan (36), Kimmix (64), Ernandes (73), Klostermann (90+2), Noyer (90+7).


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia