BATE yangi bosh murabbiy nomini e'lon qildi

Borisov klubi boshqaruvida o'zgarish ro'y berdi.

BATE rahbariyati jamoani boshqarayotgan Aleksand Lisovskiy o'rniga Vitaliy Jukovskiyni tayinladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar qiladi.

Jukovskiyning so'nggi ish joyi Minskning "Isloch" klubi bo'lgan.

Ma'lumot uchun, BATE futbolchilari Belarus chempionatining o'tgan mavsumini "Shaxtyor" (Soligorsk)dan keyin 2-o'rinda yakunlagan edi.

Xabaringiz bor, hamyurtimiz Shohboz Umarov yangi mavsumni Borisov klubi tarkibida o'tkazadi.


Manba: