BATE 16 yil deganda raqibini ikki o'yinda ham mag'lub eta olmadi

Mirjalol Normatov
5 iyul 2020, 10:17
BATE ushbu mavsumda "Energetik-BGU"ga ikki marta mag'lub bo'ldi, 1:3 va 0:1.

Bunday holat borisovliklarda ancha oldin kuzatilgan ekan. So'nggi bora BATE 2013 yilda "Neman"ga ikki marta mag'lub bo'lgan, 2:1 va 1:0. Ammo o'sha mavsumda chempionat ikki bosqichdan iborat bo'lgani uchun bu natija hisobga olinmadi. Shu holatda 2004 yilgi mavsumda BATE 1:5 va 0:1 hisobida "Shaxtyor"ga imkoniyatni boy bergan va o'sha mavsumda jamoa ushbu raqibini mag'lub eta olmagan.

Shunga qaramay BATE 30 ochko bilan chempionatda yetakchilik qilishda davom etmoqda. "Energetik-BGU" hisobida esa 29 ochko bor.

Shuningdek, BATE 2005 yildan buyon ilk marta birinchi davradan keyin eng kam ochko yig'di.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tribuna.com